wrapper

Yangiliklar

Shanba, 14 May 2016 00:00

2016 yil 11- 12 may kunlari Namangan davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Geografiya fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 martdagi 129-sonli buyrug‘i va universitet rektorining 2016 yil 4 mayda 197A/O-sonli buyrug‘iga asosan 11-12 may kunlari Namangan davlat universitetida Geografiya fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o‘tkazildi. 2016 yil 10 may kuni Respublika OTMlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar va ularning ilmiy rahbarlari kutib olindi, ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda Namangan davlat universiteti talabalar turar joyiga joylashtirildi.

2016 yil 11 may kuni soat 9:00 da Namangan davlat universiteti 8-bino 327-xonasida fan olimpiadasining ochilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda olimpiada ishtirokchilari, ularning ilmiy rahbarlari va universitet pedagog - xodimlari ishtirok etishdi.

Universitetning AL va KXK bilan ishlash bo‘yicha prorektori, g.f.n., dotsent. K.Boymirzayev, Ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori A.Isoqboyev va Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor B.Maqsudovlar ishtirokchilarga tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

So‘ngra O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Sh.Sharipov, ADU dotsenti M.Mamajonov so‘z olib olimpiada tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Shundun so‘ng Namangan davlat universitetining esdalik sovg‘alari ishtirokchilarga topshirishdi.

Olimpiada o‘tkazish nizomiga asosan olimpiada 4 ta turda o‘tkazilishiga kelishib olindi va ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi. Olmpiada ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari 1-tur bo‘yicha yozma ish savollari, 2-tur bo‘yicha amaliy ish savollari, 3-tur bo‘yicha test savollari, 4-tur og‘zaki savollariga bergan javoblari asosida baholandi. Har bir tur natijalari e’lon qilib borildi.

Xakamlar xay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quydagicha taqsimlandi.

1-o‘rin. Mamajonova Dilso‘z Maxammad qizi. O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi.

2-o‘rin. Tobirov Odiljon Qobuljon o‘g‘li. Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi.

3-o‘rin. Siddiqov Sadriddin Shuxratjon o‘gli. Namangan davlat universiteti talabasi.

Xay’at a’zolari tomonidan e’lon qilingan natijalar talabalar va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi. G‘oliblar, sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar va ularning ilmiy raxbarlaridan olimpiadani o‘tkazish bilan bog‘liq fikr va molohazalari so‘raldi.

Buxoro davlat universiteti talabasi S. Pirimova o‘tkazilgan olimpiada to‘g‘risida o‘z fikr va muloxazalarini bildirdi. Olimpiada sinovlari nizom talablari darajasida va adolatli o‘tganligini ta’kidladi. Sinovlar uchun tuzilgan savollar oliy o‘quv yurti geografiya yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlarga mos kelishi hamda talabalarni bilm va ko‘nikmalarini charxlashga xizmat qilishini aytib o‘tdi. Olimpiada davomida o‘z bilimini yanada oshirib borishi zarurligini anglaganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Sh.Sharipov o‘tkazilgan olimpiada to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarini bildirar ekan ushbu o‘tkazilgan fan olimpiadasi o‘zining shaffofligi va oshkoralik asosida o‘tganligi xususida gapirdi. Olimpiada o‘tkazishda nizom talablariga to‘liq amal qilinganini ayitib, tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

Geografiya kafedrasi mudiri v.v.b: E.Soliyev

O'qilgan: 1135 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 14 May 2016 15:16

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.