wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 29 Dekabr 2015 00:00

Kimyo kafedrasi

Kafedra mudiri – Dehqonov Rahmatilla Sultonovich kimyo fanlari nomzodi dotsent.
Kafedra manzili: Namangan shahar, Uychi ko’chasi, 316, 1-qavat, 105-xona.
Kafedraning telefon raqami: 0369 – 227-06-35
Kafedra rahbarining telefon raqami: + 99894 – 505 – 13 – 22
Kafedraning electron pochta manzili

Kafedraning qisqacha tarixi: 

1998 yilda tashkil etilgan. Avvalgi yillarda unga professor SH.V.Abdullayev, dotsentlar Y.Toshmatov, R.Dehqonov, M.Qodirxonov va T.Saypiyevlar rahbarlik qilganlar. Kafedrada “5440400 -Kimyo” yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar, “5A440410-Biorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi” mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlagan. Xozirgi kunda 5140500-Kimyo yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar, “5A140501-Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha)” mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

kafedrasi bilan O’zbekiston Milliy universiteti, O’zRFAning “Bioorganik kimyo”, “O’simlik moddalari kimyosi”, O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Polimerlar kimyosi va fizikasi” ilmiy markazi, Farg’ona davlat universiteti, Namangan shaxar1- Tibbiyot kolleji Pop va Chust tibbiyot kollejlari o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. 

o’qituvchisi D.Haydarova rahbarligida “Kimyogar” to’garagi o’z faoliyatini olib bormoqda.  

iqtidorli talabalar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ko’plab iqtidorli talabalar o’zlarini qiziqtirgan mavzularda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Yo’nalishda iqtidorli, izlanuvchan talabalar ko’pchilikni tashkil etadi. Jumladan, M.Lutpillayeva,  A.Rustamov, D.G’aniyeva, B.Abdurahmatov, A.Azimovalarning ilmiy maqolalarini ilmiy to’plamlarda nashr etilmoqda.

Kafedraning vazifalari: 

Kafedraning vazifasi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta'lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin. 

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Kafedrada 26 nafar professor- o'qituvchi, jumladan, 1 nafar  fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi dotsent, 3 nafar fan nomzodi katta o’qituvchi, 4 nafar katta o’qituvchi, 13 nafar o’qituvchilardan iborat. Kefedraning ilmiy salohiyati 34,6 % ni tashkil etadi. 

Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma'lumotlari kafedra yo‘nalishi va unda o‘tiladigan fanlarga mos keladi. 

Kafedraning faoliyati to’g’risida ma’lumotlar:

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy – axloqiy va ilmiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntzam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish; 

- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarish ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyixalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarni shu jumladan “Iste'dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarni takomillashtirish bo‘yicha chora ko‘rish; 

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarni individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarni muxokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini shlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rajalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 

- zamonaviy pedagogik va axborotkomunikatsiya texnologilarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulatlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texniklari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tishkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik disserdatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim xujjatlarining me'yor talablariga javob berishni belgilash bo‘yicha ekspert guruhlarni tarkibida ishtirok etish; 

- byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;  

- kimyo ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy-izlanuvchi bo‘lganlar bilan mutnazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;

- xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

- talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-xunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;       

- kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta'minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;

- universitet axborot-resurs markazining kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksi to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari:

Kimyo kafedrasi bilan O’zbekiston Milliy universiteti, O’zRFAning “Bioorganik kimyo”, “O’simlik moddalari kimyosi”, O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Polimerlar kimyosi va fizikasi” ilmiy markazi, Farg’ona davlat universiteti, Namangan shaxar1- Tibbiyot kollejib Pop va Chust tibbiyot kollejlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolangan. 

Bundan tashqari shartnoma va kelishuvlar asosida korxona va tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Jumladan, O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi instituti, “Karbonam” MCHJ AK “Uzneftmaxsulot”, Texnologiyalar markazi Namangan MCHJ, “Namangan viloyat ekosertifikat”, Namangan viloyat Bojxona boshqarmasi laboratoriyasi, “Billurarkon” xususiy korxonasi, Namangan  viloyati KXT boshqarmasi, Namangan viloyat DSENM, Namangan viloyati “Tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi”, Namangan davlat universiteti qoshidagi 1,2 va 3-akademik  litseylar bilan korporativ xamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

Yo‘nalish talabalari xamkorlik muassasalarida tanishuv-o‘quv amaliyotlarini bajaradilar hamda kafedraning professor–o‘qituvchilari Namangan shaxar1- Tibbiyot kolleji Pop va Chust tibbiyot kollejlari kollejida muntazam ravishda uchrashuvlar, qator tadbirlar, hamkorlikdagi ilmiy – uslubiy seminarlar o‘tkazib kelishadi. Hozirgi kunda kafedra oqituvchilari, M.Muradov va E.Nozimovlar Namangan shaxar1- Tibbiyot kolleji o’qituvchisi M.Abdullayev bilan hamkorlikda “analitik kimyo” fanidan o‘quv uslubiy ko’rsatma yaratish ustida ish olib bormoqda. 

Oxirgi 3 yilda erishilgan yutuqlar va natijalar:  

2013-2014 o‘quv yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan monografiyalar, ilmiy maqolalar chop ettirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratildi. 2013 kalendar yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 19 ta respublika miqyosidagi ilmiy Konferensiyalarda tezislar bilan, ilmiy jurnallarda 3 ta maqola, OTM miqyosidagi jurnallar va to’plamlarda 5 ta ilmiy maqolalar nashr etildi. Kafedrada iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadida ular tarkibini aniqlash, iqtidorli, ilmiy-tadqiqotchilik salohiyatiga ega talabalar bilan individual ishlashga e'tibor qaratildi.

2014 kalendar yilida kafedrada o‘qitiladigan mavjud fanlardan barchasini o‘quv uslubiy majmualari tayyorlandi. Shu bilan birgalikda 2 ta monografiya, 1 ta ilmiy risola, 70 ta respublika miqyosidagi Konferensiyalarda, xalqaro Konferensiyalarda 3 ta, jurnallarda 4 ta maqola chop etildi. Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha 12 ta uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar chop etildi.

2015 kalendar yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan 2 ta ilmiy risola, 4 ta uslubiy qo’llanma, 15 ta respublika miqyosidagi Konferensiyalarda maqola tezislari va 6 ta xalqaro Konferensiyalarda, 39 ta OTM miqyosidagi Konferensiya va jurnallarda maqollalar chop etildi. Axamiyatlisi shundaki, chop etilgan ilmiy maqola va tezislardan 34 tasi iqtidorli talabalarning ilmiy raxbarlari bilan chop etgan ilmiy maqolalaridir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishn samaradorligini oshirish yuzasidan ham ishlar olib borilmoqda. Kafedrada yo‘nalish iqtidorli talabalarini qamrab olgan “Kimyogar” to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

Kimyo kafedrasida dastlabki yillarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda quyidagi davlat granlari bajarildi:

3F.3.15 «Flavonoidlarning alkoloid va boshqa fiziologik faol moddalar bilan qattiq fazadagi ta'sirini o'rganish va sintez qilingan komplekslarning fizik kimyoviy tadqiqoti» ilmiy rahbar professor SH.V.Abdullaev. 

3.3.8.2 «Mahalliy sharbat ishlab chiqarish korxonalari chiqindilaridan flokulyantlar olish usullari» ilmiy rahbar dotsent R.S.Dehqonov.

19.2 «Ikkilamchi xom ashyolardan NaKMS olishning ekologik toza texnologiyalarini yaratish» Ilmiy rahbar dotsent O.G’.Abdullaev. 

25/98 «Farg'ona vodiysida o'suvchi Skutellariya shlemnik turlaridan tabiiy fiziologik faol moddalar olish, aniqlash va ular asosidagi sintezlar» ilmiy rahbar professor SH.V.Abdullaev. 

OTFZ 044 «Suvda eruvchan sellyuloza hosilalarining harorat va tuzga barqarorlik ko’rsatkichlarini va reologik xossalarini tadqiq etish» ilmiy rahbar t.f.n. T.S.Saypiyev. 

Xozirgi vaqtda (2015-2016 o’quv yilida) quyidagi davlat fundamental granti bajarilmoqda:

F-7-19 «Mahalliy xom-ashyo manbalaridagi polikomplekslarning molekulyar-massaviy va konformatsion tavsiflari hamda ularning tarkibi, tuzulishi va xossalariga ta’siri» ilmiy rahbar dotsent M.R.Qodirxonov. 

Kimyo kafedrasi tashabbusi bilan 1995 yildan boshlab NamDUda akademik O.S.Sodiqov xotirasiga bag’ishlab yosh kimyogarlarning respublika va xalqaro miqiyosidagi Konferensiyasini o’tkazish an’anaga aylangan. Konferensiya har 3 yilda o’tkaziladi. Uning ishida Respublikaning taniqli olimlaridan tashqari Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston  Respublikalarining olimlari ham qatnashib borishadi. 

2014 yili 21-22 noyabrda “Bioorganik kimyo fani muammolari”ga bag’ishlangan  VIII- Respublika Konferensiyasi o’tkazildi. Bu Konferensiyada 50 dan ortiq professor o’qituvchilar ma’ruza qildilar. Ular orasida Xitoy, Rossiya, Germaniya, Turkmaniston va O’zbekistonda bajarilgan ilmiy maqolalar chop etildi. Shu Konferensiyada kimyo kafedrasi olimlari, talaba va magistantlari 50 dan ortiq maqolalari bilan ishtirok etdilar.

 

O'qilgan: 2111 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.