wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 12 Oktyabr 2017 00:00

AQSh elchisi Pamela Spratlen xonim universitet mehmoni

Joylashtirdi: 

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Namangan davlat universiteti jamoasi AQShning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonimni kutib oldi. Elchining universitetga qilgan tashrifida uning birinchi kotibi Djozef Lourens Rayt, elchixonaning ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Nodira Meliboeva, jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha mas'ul A'zam Obidov xamda tarjimon Abdumalik Ismoilovlar hamrohlik qildilar.Nufuzli mehmonlarni universitet rektori A.Umarov va bir qator professor-o‘qituvchilar kutib oldilar. Mehmonlar tashrifi uchun talaba-yoshlar jonli yo‘lak hosil qilib, milliy udumimizga ko‘ra non-tuz hamda guldastalar taqdim etdilar. Shuningdek, mehmonga xos yuksak hurmat-ehtirom ila, universitetning musiqiy ta'lim hamda tasviriy san'at va muxandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari tomonidan P.Spratlen xonimga o‘zbek milliy san'ati namunalardan iborat ko‘rgazma va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, universitetning Ingliz tili kafedrasi hamkori, Namangan shahridagi Ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha “Istiqlol zamin farzandlari” nodavlat ta'lim muassasasi jajji o‘quvchilarining ingliz tilidagi tabrik she'rlari va ajoyib raqslari mehmonlarga a'lo kayfiyat ulashdi. Tashrifning rasmiy uchrashuv qismi universitet rektori xonasida davom ettirilib, unda ingliz filologiyasi fakultetining bir qator professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. O‘zaro muzokaralarda rektor A.Umarov, mazkur tashrif uchun elchi va uning jamoasiga minnatdorchilik bildirgan holda, universitetdagi o‘quv, ilmiy-ijodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. Shuningdek, rektor o‘z so‘zida, AQSh bilan yo‘lga qo‘yilgan xamkorlik aloqalari ilm-fan taraqqiyoti va ta'lim jarayonlaridagi yuksalishning muhim omili ekanligini ta'kidlab o‘tdi. O‘z navbatida elchi va rektor tomonidan bir qator taklif va istiqbolli rejalar xususida ham kelishuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, universitet qoshida ochilgan “Ibrat” nomidagi xorijiy tillarni o‘rganishga ixtisoslashgan maktab-internatda ingliz tilini chuqurroq o‘rgatish uchun AQSh tomonidan mutaxassis jalb etilishi maqsadga muvofiq ekanligi bildirildi. Tashrif davomida universitetda elchixona bilan hamkorlikda tashkil etilgan kutubxonaning ramziy ochilish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng elchi Pamela Spratlen xonim bilan Ingliz filologiyasi fakulteti talaba va professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda asosan, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik aloqalarining yanada mustahkamlanganligi, xususan, Prezidentimizning BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar, ilm-fan, ta'lim-tarbiya yo‘nalishidagi chora-tadbirlar, chet tillari va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rganish doirasidagi rejalar, yangi hamkorlik munosabatlarni yuqori bosqichga ko‘tarilgani borasida fikr-mulohazalar almashildi. Uchrashuvda Sh.Quziboev, N.Abdullaev, Z.Karimova va boshqa bir qator talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga elchidan javoblar oldilar. Rasmiy uchrashuv, elchi va uning hamrohlarini universitet jamoasi bilan esdalik suratlariga muhrlandi. Mehmonlarni kuzatish oldidan ularga tashrif uchun samimiy minnatdorchilik bildirilgan holda, universitet jamoasining maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.

Saidakbar MUTALOV,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Namangan davlat universiteti

boshlang‘ich tashkilot yetakchisi

O'qilgan: 3154 marta So'ngi o'zgartirish: Yakshanba, 15 Oktyabr 2017 09:57

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.