wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 31 Yanvar 2017 00:00

Namangan davlat universiteti rektori, prof. A.Umarovning O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tavallud topgan sana munosabati bilan “Islom Karimov - qalbimizda mangusiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdagi ma’ruzasi

Joylashtirdi: 

Assalomu alaykum hurmatli hamsblar, aziz talabalar!
Bugun, mazkur dargohda, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan sana munosabati bilan yig‘ilib turibmiz.

Bugungi kunda xalqimiz va jahon jamoatchili Islom Karimovni mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, bunyodkori sifatida alohida ehtirom bilan tilga olmoqda.
Haqiqatan ham, muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov XX asrning 80- yillari oxiri, 90- yillari boshida O‘zbekistondagi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan inqiroz, millatlararo munosabatlardagi tanglik, diniy aqidaparast kuchlarning jiddiy xavfga aylanishi kabi o‘ta og‘ir, tahlikali va murakkab vaziyatda, katta jasorat bilan mazkur masalalarni hal etishni o‘z zimmasiga oldi. Haqli ravishda aytish lozimki, Islom Karimov o‘zining yuksak salohiyati, uzoqni ko‘ra oladigan dono siyosatchi va iqtisodchi sifatida qisqa davrda namoyon etdi, xalqimizni o‘z ortidan ergashtira oldi. O‘zbekiston xalqini buyuk maqsad sari yo‘naltira olgan YuRTBOShI sifatida tanildi va e’tirof etildi.
O‘zbekiston xalqi haqli ravishda, milliy mustaqillikni qo‘lga kiritilishi, mustaqillikning huquqiy asoslarini yaratilishi, mamlakat mudofaa qobiliyatini shakllantirilishi, iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotga erishish, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi, milliy qadriyatlarning tiklanishi, ma’naviy yuksalish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik hamiyatining shakllanishi kabi ULKAN YUTUQLARNI birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi.
2016 yil 2 sentyabrda barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimiz vafot etgan kunda, u kishi bilan vidolashuv va motam marosimlarida Islom Karimovdan YAXLIT, OZOD VA OBOD MAMLAKAT, YaKDIL VA BAHAMJIHAT XALQ qolganligini barchamiz chin qalbdan xis etdik.
2017 yil 25 yanvarda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi Qarorning imzolanishi va bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar barchamizni quvontirish bilan birgalikda xalqimiz orzu-istaklarining ro‘yobi bo‘lyapti desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari, aziz talaba-yoshlar.
Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasini doimo qalbimizda saqlashimiz bizning muqaddas vazifamiz bo‘lib qolishi lozim. Yillar, asrlar o‘tadi, lekin birinchi Prezidentimiz Islom Karimov amalga oshirgan buyuk bunyodkorlik ishlari, u kishining ezgulikka yo‘g‘rilgan bunyodkorlik g‘oyalari aslo o‘lmaydi.
E’tiboringiz uchun rahmat.

O'qilgan: 345 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 31 Yanvar 2017 10:39

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.