wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 04 Fevral 2016 00:00

Oliy talim muassasasida kreativ fikrlash va kasbiy kompetentlikni shaklantirish tizimi

Joylashtirdi: 

Zamonaviy oliy talim bitiruvchilarining kreativligi va kasbiy kompenentligi davr talabidir. OTM bitiruvchisi o'z ish joyiga tayyor holda, ijtimoiy-iqtisodiy soha talablariga javob beruvchi mutaxassis sifatida yetib borishi masalasi dolzarbligi hech kimda shubha tug’dirmaydi. Bu muammo – talabalarga talim berishda, ularda kreativ fikrlash, kasbiy kompetentligini shaklantirishda yangi yondashuvni, zamonaviy jamiyatda bitiruvchilarning shaxsiy sifatlarini, ular o'zlashtirgan bilim, malaka va ko'nikmalarini namoyon qilish imkoniyatlarini ochishdagi o'ziga hos hislatlarini shaklantirish, ularning bepoyon informativ oqimlar orasida o'zining to'laqonliligi va ilmiyligiga yo'naltirilganligini, jamiyatda o'z o'rinlarini topishda imkoniyatlarini kengaytirishdadir.

Kreativ fikrlash va kasbiy kompetentlik unga ijodiy yondashuvga zarur bo'lgan bilimlar, malaka, ko'nikma, qobiliyat va shaxsiy sifatlarni birlashtiruvchi tizimidan iboratdir. Bitiruvchining har qanday faoliyatida (kommunikativ, o'quv, tashkiliy) ijodiy kompetent mavjud.

Kreativ fikrlashning asosiy tashkil etuvchisi talabaning bilim va ko'nikmasidan iborat (“bo'sh kalla fikrlamaydi”).

Bu tashkil etuvchini kengaytirish, to'ldirish albatta birinchi navbatda OTM professor-o'qituvchilari mahorati, ularning pegagogik faoliyatga yondashuvi bilan bog’liq. Bunda pedagoglarimizdan zamonaviy yondashuv talab qilinadi. Ular tomonidan talim tizimiga zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan: informatsion-kommunikativ, muammoli talim, loyihaviy faoliyat, turli darajali va rivojlantiruvchi talim kabi o'qitishning shakl va uslublariga asoslangan uslubiy va didaktik qo'llanmalar yaratish va joriy qilish talab etiladi.

Shu bilan bir qatorda talaba yoshlarda kasbiy kompetentlikni shaklantirishda ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy – iqtisodiy sohaning barcha jabhalari vakillarining o'rni katta. Sabab kechagi bitiruvchi ertaga ana shu korxonalarda ishlashi uchun undan talab qilinadigan kasbiy mahoratlarni, unga qo'yiladigan talablarni, korxona va muassasa muammolarni avvaldan bilishi, uni birlamchi yechimi ustida bosh qotirar ekan o'z ustozlariga tayana olishi kerak. Bu borada O'zbekiston Milliy Universitetida 2 yil avval boshlangan maqsadli kadr tayyorlash dasturini Namangan Davlat Universitetida ham joriy qilinib, Namangan viloyat Hokimligi bilan birgalikda viloyatdagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy-iqtisodiy soha sektori vakillari, NamDU professor-o'qituvchilari, talabalari, viloyat hokimligi vakillari ishtirokida davra suhbatlari uyushtirildi. Bu davra suhbati davomida har bir soha, korxona, muassasa vakili o'z korxonasi uchun kerak bo'luvchi talablar, undagi xodimga hos hislatlar, korxona oldida turgan muammolarni sanab o'tishgan bo'lsa, universitetimiz professor-o'qituvchilari, bitiruvchilarimiz universitetda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni sanash bilan birga bitiruvchilarimiz ish joylariga borganlaridagi duch kelayotgan muammolar haqida ham fikr bildirdilar. Bu fikr almashinuvi har ikki tomon uchun ham foydaliligi: tomonlar o'z oldiga yangi vazifalarni qo'yish bilan birga konkret yechim topilishi kerak bo'lgan muammolarni aniqlab olib, unga ijodiy yondashuv bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar ko'lamini ham belgilab olindi.

 Bundan tashqari bu jarayonga ota-onalarni ham jalb qilish borasida ham ishlar olib borish mo'ljallangan. Namangan viloyatining barcha tumanlarida ham shu singari uchrashuvlarni amalga oshirib, unda talabalarimiz ota-onalarining ishtirokini ham taminlash rejalashtirilgan, toki ota-ona ham o'z farzandi kelajagi uchun ham qayg’urishi, ham tarbiya jarayoniga o'z hissasini qo'shishiga erishish kerak.

Talim – tarbiya jarayonida kreativ fikrlashga va kasbiy kompetentlikka erishish uchun quyida keltirilgan elementlarni o'z ichiga qamrab olgan qator uslubiy yondashuvlar tizimini ham amalga oshirish mo'ljallangan:

- talabalarimizning kreativ fikrlashini, kasbiy kompetentligini, ularning malaka va ko'nikmalarini diagnostikasi va monitoringi;

- har bir talaba (bitiruvchi)ning individual talim traektoriyasiga asosan shaxsiy qobiliyaitlarini rivojini etiborga olgan holda uning shaxsiy sifat yuksalishlarini inobatga oluvchi maqsadli, darajali perspektiv kreativ fikrlash va kasbiy kompetentligini yuksaltirishga qaratilgan rejalar ishlab chiqish;

- innovatsion pedagogik texnologiyalar, uslublar, shaklardan foydalanilgan holda talabalarning kreativ fikrlashi va kasbiy kompetentligini shakllantirishning psixologo-pedagogik va tashkiliy-texnologik shartlarini yaratish;

- o'quv jarayonini darsda va darsdan tashqari faoliyatlar (amaliyot, ishlab chiqarishdagi ekskursiyalar va boshqalar) orqali loyihalashtirish;

- talabalar kreatif fikrlashi va kasbiy kompetentligini shaklantirishda o'quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va korreksiyalash (tuzatish) orqali professor-o'qituvchilarning shaxsiy pedagogik faoliyatini natijalar tahlili va samaraliligi asosida baholash.

O'quv-tarbiya jarayonini, talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan hakaratlarni tizimli ravishda olib borilishi ularning kreativ fikrlashi va kasbiy kompetentligini rivojida katta ahamiyat kasb etadi.

 

Namangan davlat universiteti rektori

prof. A.V. Umarov

O'qilgan: 921 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 06 Fevral 2016 01:08

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.