wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 09 Fevral 2016 00:00

Universitet rektorining "Giyohvandlik va narkotik vositalar tarqalashiga qarshi kurashish - barchamizning burchimizdir" tadbirida so'zlagan nutqi!

Joylashtirdi: 

Assalomu alaykum hurmatli tadbir ishtirokchilari !

 

Hozirgi vaqtda giyohvandlik va narkotik vositalar tarqalishiga qarshi kurash barchа mamlakatlarda o’ta dolzarb vazifaga aylandi. Ma`lumotlarga ko’ra, dunyoda har yili o’n minglab odam ushbu “zahri qotil” qurboni bo’lmoqda. Boz ustiga, ular nafaqat o’zining, balki yaqinlari xayotiga ham rahna solmoqda, jamiyatga katta zarar etkazmoqda. Aksariyat hollarda giyohvand modda iste`mol qiluvchilar yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hisoblanadi, ushbu “ajal og’u”si ta`sirida esa turli jinoyatlar sodir etilmoqda.

Mamlakatimizda narkotik moddalar iste`moli va tarqalishiga qarshi kurashning huquqiy asoslari yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston 1995 yil fevralda BMTning 1961 yilda qabul qilingan narkotik moddalar, 1971 yildagi psixotrop moddalar hamda 1988 yildagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to’g’risidagi konvensiyalariga qo’shilgan. 1999 yilda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasining Narkotiklarni nazorat qilish bo’yicha davlat komissiyasi, huquqni muhofaza qilish idoralari, boshqa vakolatli vazirlik va idoralar o’z sa`y-xarakatlarini narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo’yicha aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlarga, kontrabanda kanallarini yopish, giyohvandlik ekinlarini yo’q qilish va giyohvandlik illati yoyilishining oldini olish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratmoqda. Narkotik moddalarni iste`mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo’yicha 2011-2015 yillarga mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2016 yilning 1 fevralidan – 1 martiga qadar respublika miqyosida “Yoshlar orasida narkotik vositalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi” tashkil etilgan. Bugun universitetimizda ana shu dolzarb masalaga bag’ishlangan “Giyohvandlik – umr zavoli” nomli tadbirni o’tkazish uchun yig’ilib turibmiz. Tadbirni yanada samarali va ta`sirli bo’lishi uchun bir qator idoralardan mas`ul shaxslar taklif etilgan, ijozatingiz bilan ularni tanishtirib o’tsam.

1. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mas`ul xodimi, Bahrom Tojimatov.

2. Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi kurash bo’limi xodimlari Anvarjon Rasulov va Jahongir Sultonov.

3. Namangan viloyati hokimligi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi mas`ul xodimi Doniyor Эrmatov.

Tadbirimiz avvalida “O’zbekiston” telekanali va O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tayyorlangan “O’chirilgan iroda” nomli hujjatli fil'mni tomosha qilsakda, so’ngra suhbatimizni davom ettirsak.

Marhamat.

 

Fil'm namoyish etiladi.

Birinchi so’z navbati Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasи mas`ul xodimi, Bahrom Tojimatovga beriladi.

Suhbat, savol-javoblar, fikrlar eshitiladi.

 

A.Umarov: Mutaxassislarning ta`kidlashicha, yoshlarni bu illatdan asrashda tushuntirish va targ’ibot ishlari alohida o’rin tutadi. Giyohvand moddalar, bu ofat keltirib chiqaradigan illatlar va ularning salbiy oqibatlari haqida yoshlarning keng ma`lumotga ega bo’lishi bu borada yaxshi samara beradi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari, nafaqat inson salomatligi va taqdiri, balki jamiyat uchun ham juda havfli hisoblangan giyohvandlik va narkotik moddalar tarqalishi oldini olish bilan birgalikda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi tadbirda ishtirok etganlari uchun huquq-tartibot idoralari, mas`ul idora xodimlariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman, rahmat.

 

NamDU rektori t.f.d.  prof. A. V. Umarov
 

O'qilgan: 1075 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 09 Fevral 2016 09:44

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.