wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 08 Fevral 2016 00:00

Universitet rektori A.V. Umarovning o’zbek xalqinig buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning 575 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan o'tkazilgan "Jamiyat mukammalligi va inson kamoloti yo’lida" tadbiridagi ma'ruzasi

Joylashtirdi: 

Assalomu alaykum muhtaram tadbir ishtirokchilari!

Bugun biz o’zbek xalqinig buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning 575 yillik tavallud ayyomlarini nishonlash uchun to’plandik. Istiqlolimizning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar ajdodlarimiz merosini har tomonlama o’rganish, shu asosda millatning kelajagi bo’lgan yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga katta e`tibor berilmoqda. Hozirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvor sohalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas.

Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda Alisher Navoiy asarlarining o’rni beqiyos. Ana shu bois Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov ajdodlarimiz merosi, xususan, Alisher Navoiy asarlarini ma`naviyatimizning ilhombaxsh manbaiga aylantirish, xalqqa yanada yaqinlashtirish muhim vazifalardan biri ekanligini ta`kidlagan edilar. 

SHoir komil inson va mukammal jamiyatni orzu qildi, uning bu orzulari g’azal va ruboiylarida, “Xamsa” dostonlarida, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub”, “Nazmul-javohir”, “Arba`in” kabi o’nlab asarlarida o’z ifodasini topdi. SHoir jamiyat mukammal bo’lishi uchun, avvalo, inson komillik kasb etmog’i lozim, deb hisobladi.

SHuning uchun ham mutafakkir shoir nazmiy va nasriy asarlarida komil, ya`ni har tomonlama mukammal insonga xos bo’lgan fazilatlarni tarannum etadi. Jumladan, Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida kishilarning bir-biriga bo’lgan insoniy munosabatlari, insonning inson bo’lib yaralganining o’zi yuksak martaba ekanligi, u bu imkoniyatdan to’laligicha foydalanmog’i, avvalo, xalqqa nafi tegadigan shaxs bo’lmog’i va bundan o’ziga ham foyda etishi haqida shunday deydi:

Naf`ing agar xalqqa beshak durur,

Bilki, bu naf o’zungga ko’prak durur.

 

SHoir, eng avvalo xalq manfaatini, el g’amini o’ylaydigan insonnigina odam qatoriga qo’shish mumkin, deb hisoblaydi. O’zi ham bor kuch-quvvatini, barcha imkoniyatlarini “el komi”, “xalq g’ami” yo’lida sarf qildi. Ana shu bois quyidagi bayt shoir ijodining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi:

Odami ersang demagil odami,

Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami.

 

Inson barcha mavjudotlardan azizu mukarram qilib yaratilgan ekan, berilgan umrni ezgu va ulug’vor maqsadlarga intilmasdan yashashi mantiqqa ziddir. Zero, inson ezgu maqsadlar yo’lida sobitqadam bo’lishi, tinimsiz izlanishi va intilish lozim:

Birovkim, jahondin kerak kom anga,

Эmas yaxshi bir erda orom anga,

Ya`ni, kimki o’z maqsadiga etmoqchi bo’lsa, bu istak yo’lida tinimsiz harakatda bo’lishi, kurashishи kerak. Insonning yaratuvchilik dahosi bilan bog’liq bu shohbaytning bugungi kun uchun sabog’i nihoyatda muhimdir.

 

SHoirning vatanga bo’lgan cheksiz muhabbat bilan yo’g’rilgan quyidagi misralariga e`tibor bering:

Vatan tarkini bir nafas aylama,

Yana ranji g’urbat havas aylama.

 

Bugun boylik, ho-yu havas ilinjida o’zga yurtlarga ketayotgan yoshlar va ularning fojiali taqdirini o’ylarkansan, muqaddas Vatan tuyg’usi, ana shu vatan qo’ynida ozod va erkin yashash, undan ayro tushmaslik, qisqasi, vatanparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan mazkur baytdan oladigan sabog’imiz yanada oydinlashadi.

Bugungi kunda shoir asarlarining ulkan ahamiyati ulardan oladigan sabog’imizdadir. Alisher Navoiyning vatanparvarlik, xalqparvarlik, o’zaro hamjihatlik, mehr – oqibat, karam – saxovat, izzat – hurmat, kamtarlik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik kabi insoniy g’oyalar, milliy qadriyatlar ruhi bilan sug’orilgan asarlari Vatan ravnaqi, yurt obodligi, komil inson tarbiyasi uchun xizmat qilaveradi.

 

Hazrat Alisher Navoiy asarlari ulkan ma`naviy qomusga o’xshaydi. Biz shoir ijodini o’rganar ekanmiz, garchi bizni besh asrdan ziyod vaqt ajratib turgan bo’lsa-da, , undan jamiyatning, insoniyatninng barchа muammolariga javob topamiz, yo’l-yo’riqlar, o’gitlar olamiz. SHoir asarlarida qo’yilgan keng qamrovli masalalar doirasi o’yga toldiradi, fikr-mulohazaga chorlaydi. SHoir dahosining cheksiz qudratidan hayratda qolamiz.
 

O'qilgan: 458 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 08 Fevral 2016 16:13

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.