wrapper

Yangiliklar

Juma, 04 Mart 2016 00:00

Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan anjuman tabrik so‘zi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning tavallud ayyomlarini respublikamiz miqyosida bayram sifatida nishonlash an’anaga aylanib qoldi. Bu, albatta, istiqlol mevasi.

Zulfiya hayot yo‘li, ijtimoiy faoliyati, butun ijodi, qolaversa, o‘zbekona fazilatlari bilan o‘zbek qizlariga har jihatdan namuna bo‘la oladigan yetuk ayol va asl shoira timsolidir. Shu bois 1997 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi ayni muddao bo‘ldi, deyish mumkin. Bu mukofot ijtimoiy va ma’naviy hayotning turli sohalarida yutuqlarga erishgan Zulfiyaxonim izdoshlariga beriladi. Namangan davlat universitetida ham Dilobar Abdurashidova, Muhabbat Rahmonova, Benazir kabi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari tahsil olganligi quvonarlidir. Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mehrnoz Abbosova ham universitet qoshidagi 2-akademik litseyda ta’lim olganligi, hozirda Toshkent davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida bilim olayotganligi, respublika miqyosida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganligi ham qalbimizni cheksiz faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘ldiradi.

Prezidentimiz I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida eng buyuk jasorat ma’naviy jasorat ekanligini ta’kidlagan va ma’naviy jasorat sohiblari qatorida Zulfiyaxonim nomini ham juda katta hurmat-ehtirom bilan tilga olgan edi: “Nafaqat o‘z she’rlari, balki butun hayoti bilan o‘zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo‘shgan bo‘lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Lekin bu murakkab hayot qalbi o‘z xalqi va Vataniga mehr- muhabbat bilan to‘lib toshgan, dunyodan ezgulik va go‘zallik izlab yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo‘q. Aslida, bu dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo, g‘am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog‘dek bardoshi bilan vafo va sadoqatning ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir”. Darhaqiqat, bugungi anjuman ham ana shu ehtiromning namunasidir.Barchangizni bayram bilan qutlayman.

E’tiboringiz uchun rahmat!

O'qilgan: 505 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.