wrapper

Yangiliklar

Shanba, 16 Aprel 2016 00:00

NamDU rektori A. Umarovning 1 aprel “Halqaro qushlar kuni”ga bag‘ishlangan “Qushlar olamiga sayyohat” mavzusidagi ekofestivalidagi nutqi.

Joylashtirdi: 

Hurmatli mehmonlar va universitetimizning aziz jamoasi!

Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng biologik xilma-xillikni saqlash, undan samarali foydalanish va muhofaza qilishga juda katta etibor berilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarlarida davlat xavfsizligiga eng katta xavf bo‘lgan ekologik tahdidni oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi kerakligini ta’kidlab o‘tganlar.

Bilamizki, aholini bunday tahdidlardan ogohlik darajasini yanada oshirish, ekologik ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda har yili 60 ta ekologik sanalarga bag‘ishlangan turli tuman tadbirlar o‘tkaziladi. Bu tadbir va ekologik sanalarni bir nechtasi Qushlar olamiga ham tegishlidir.

Hammamizga ma’lumki, qushlarni tabiat va xo‘jalikdagi ahamiyati benihoya katta. Qushlar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligining benazir yordamchilaridir. Qushlarni ovozi kishini kayfiyatini ko‘taradi, charchoqni oldini oladi va ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Ular shuningdek, tabiatda sodir bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlarni biologik indikatorlari ham hisoblanadilar.

Atrof muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli antropogen bosim ostida qolgan qushlarni soni yildan yilga kamayib, turlar soni qisqarib bormoqda. Fikrimizni raqamlarga qaratsak, oxirgi 400 yil ichida Yer yuzidan 100 dan ortiq qush turlar qirilib ketgan, bugungi kunda yashayotgan qush turlarining 1200 tasi esa Tabiatni Muhofaza Qilish Halqaro Ittifoqining “Qizil ruyxati”ga kiritilgan.

Agar qushlarni kamayishi shu tarzda yana davom etadigan bo‘lsa, ornitologlarni ogohlantirishicha, juda katta ekologik halokatlar yuz berishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ekologik sanalarni nishonlash - bu ekologik ta’limning muhim usuli va butun dunyoda tan olingan samarali vositasidir.

Bugun universitetmizda o‘tkazilayotgan 1 aprel “Halqaro qushlar kuni”ga bag‘ishlangan “Qushlar olamiga sayyohat” mavzusidagi interfaol xarakterga ega bo‘lgan ekofestival YuNESKO ning “Odam va biosfera” biologik dasturi doirasida ko‘plab mamlakatlarda katta bayram sifatida nishonlanayotgan tadbirlardan biridir.

Bu tadbirga alohida ahamiyat berildi. Bugungi festivalga biologiya ta’lim yo‘nalishidan tashqari, ekologiya, pedagogika-psixologiya, o‘zbek tili va adabiyoti, fizika ta’lim yo‘nalishlarining talabalari qatnashish istagini bildirganlar.

Ekofestivalning asosiy maqsadi talabalarni tabiatda tarqalgan qushlarning hayoti bilan tanishtirish, ularga nisbatan mehr-shavqat, g‘amho‘rlik xislatlarini kuchaytirish, hayvonot dunyosi va atrof-muhitga bo‘lgan etikasini rivojlantirish, qush boquvchi talabalarni rag‘batlantirish, ornitologik tadqiqotlarga oid ilmiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Mamlakatimiz ornitolog olimlari olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini universitet talab yoshlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot qilish maqsadida 2015 yilda tashkil etilgan Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi qoshidagi dots. E.F.Ikromov rahbarligidagi “ECOBIRDS” talabalar ornitologik klubi a’zolari Namangan shahridagi umumta’lim maktablarida va o‘rta maxsus kasb xunar ta’lim muassasalarida master-klasslar tashkil etdilar. Bu tadbirda 200 ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

O‘tgan bir yil davomida klub a’zolari O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyatini bevosita ko‘magi bilan Namangan viloyatining ornitofaunasini o‘rganish maqsadida Resaksoy, Varzik va Yangiqo‘rg‘on suv omborlari va Mingbuloq tumaning “Oq-qum” cho‘l massiviga ornitologik ekspeditsiyalar uyushtirdilar.

Klub rahbari dots. E. Ikromov va klub a’zosi Dildora Nuriddinovalarlar “Spring alive” Halqaro qushlarni hisobga olish loyihasida faol ishtirok etib, Buyuk Britaniya qushlarni muhofaza qilish jamiyatining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.

Uylaymanki, bugun universitetda o‘tkazilayotgan tadbir talabalarga atrof muhitni musaffoligi va uning biologik xilma-xilligini saqlashdagi fuqorolik burchlarini yana bir bor eslatib, ularni Ona tabiatga yanada g‘amho‘r bo‘lishga, uning boyliklaridan ilmiy asoslangan holda samaraliroq foydalanishga da’vat etadi.

 

Namangan davlat universiteti rektori A. V. Umarov

O'qilgan: 316 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.