wrapper

Yangiliklar

Shanba, 23 Aprel 2016 00:00

Universitet rektorining Namangan davlat universitetida o'tkazilgan "Oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari va innovatsion texnologiyalari" mavzusidagi ilmiy amaliy anjumandagi nutqi.

Joylashtirdi: 

Oilada ma'naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash.

A.V.Umarov - Namangan davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan pokla-nish, oila, oilaviy munosabatlar, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasida ham jiddiy o‘zgarishlar qilishni taqozo etdi.

Yurtboshimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: «Har bir inson-ning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liqekanini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir» . Shu boisdan ham yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, ularni jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida faol ishtirok etishlarini ta’minlash har biroilaning, fuqaroning, davlat va nodavlat tashkilotlarining burchi va vazifasi hisoblanadi. Oilaviy bayramlarni nishonlash, oila kitobxonligini tashkil etish, oilada til, muloqot va kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor berish, farzandlarga kasb-hunar o‘rgatish, oilada bo‘sh vaqtni ijtimoiy foydali mehnat vositasida samarali tashkil etish oila ma’naviyatini shakllan-tirishning muhim sharti hisoblanadi.

Yurtboshimiz o‘zlarining nutqlarida yoshlar tarbiyasi, oilada tarbiya masalasiga barchaning diqqatini qaratayotgani bejiz emas, chunki XXI asrda yashab samarali mehnat qilish, O‘zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etish asosan bugungi yosh avlod zimmasiga tushadi. Shuning uchun yoshlarni chuqur bilimli, yuksak madaniyatli, mehnatsevar va tashabbuskor shaxslar etib shakllantirish oilada hayot tajribasiga ega, turmushning achchiq-chuchugini qurgan, qiyin-chiliklarda toblangan yoshi ulug‘larimiz, faxriylarimiz va ota-onalarning, shu bilan birga, mazkur ishga da’vat etilgan tarbiyachilar va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.

O‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyala-riga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, e’tiqo-di yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish kelajagi buyuk O‘zbe-kistonning gullab-yashnashi uchun garovdir.

Respublikamizda har bir yilni muayyan nom bilan atash, shu asosda maxsus Davlat dasturlari ishlab chiqish va uning ijrosini izchil amalga oshirish ezgu an’anaga aylangan. Buning ma’no-mazmunida birinchi navbatda inson manfaatlari, aholi farovon-ligini oshirish, jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol avlodni o‘stirishdek xayrli maqsadlar mujassam. O‘tgan yillar O‘zbekis-tonda “Oila yili”, ”Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili”, “Mustahkam oila yili”, “Obod turmush yili”, “Sog‘lom bola va ona yili” deb atalgani va ular bir-biriga bog‘lanib, to‘ldirib kelgani bunga yorqin dalildir.

Tarbiya har qanday jamiyat uchun hamisha dolzarb mavzu hisoblanadi.

Oila-iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, demografik, xatto eng shaxsiy muammolar birikadigan, o‘zaro kesishadigan nuqta bo‘lib hisoblanadi.

Oilani mustaxkamlash, uning turmush darajasini oshirish oila a’zolarining sog‘ligini saqlash hozirgi vaqtda Prezidentimiz olib borayotgan ijtimoiy siyosatning eng muhim tomonini tashkil etadi.

Mamlakatimizda insonparvar, xuquqiy demokratik fuqarolik jamiyatini qurish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘zlangan marrani zabt etishda tarbiyaning xususan oilaviy tarbiyaning roli va ahamiyati katta.

O‘zbekistonda 7 mln dan ko‘proq oila istiqomat qiladi.

Sharqda azaldan inson tarbiyasi jamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Respublikamizdagi barcha o‘zgartirishlarning mohiyati oliy bir maqsadga-ya’ni komil inson tarbiyasiga qaratilgan.

Yoshlar ertaning tarixini yaratuvchilardir. Oilaviy tomondan olsak, ular ham ertami-indin ota-ona bo‘ladilar, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanadilar. Bizning farzandlarimiz-bizning kelajagimizdir. Yevropa xalqlarida tarbiyaning mezoni nafosat, Sharq xalqlarida esa, asosan axloq-odobdir. Tarbiyaning hamma jixatlari shu mezonlar asosida maqsadga yo‘naltiriladi. Nafosat va axloq-odob mohiyatan o‘zaro bog‘liq bo‘lsada nafosat ko‘proq tashqi ko‘rinishda zohir bo‘lib, axloq-odob esa asosan muloqot jarayonida ko‘zga tashlanadi.

Yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalashning asosiy omili-oila obro‘sini saqlash, ota-onalar na’munasini kuchaytirishdir.

Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamiyatimizning eng muhim, hal qiluvchi bo‘g‘ini bo‘lmish oilaga alohida e’tibor berish va uni har tomonlama asrab-avaylash zarur.

Shu bois Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, milliy ma’rifat tarmog‘ini vujudga keltirishga kirishildi.

“Oila-bizning xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an’analari va ruxiyatiga mos bo‘lgan muhim hayotiy qadriyatlardan biridir”2.

O‘zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o‘zining tarixan shakllangan qiyofasini yo‘qotmadi. “Ammo sho‘rolar tuzumi davrida maorifga madaniyatga mafkuraviy yondashuv xukm surdi. Asrlardan buyon avlodlarimiz tomonidan avaylab-asrab kelingan xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib, qon-qoniga singib ketgan haqiqiy xalqchil urf-odatlar, marosimlar va an’analarning tarbiyaviy ta’siri kamsitilib, Ovro‘pa va Rossiya oila, tarbiya modeli targ‘ib qilindi”3. Ta’lim-tarbiyani milliy zamindan uzoqlashtirishga harakat qilindi, bizga maorifning g‘arbona usullarini taqdim qilish oiladagi milliy tarbiyaga ham salbiy ta’sir qildi. Ya’ni ijtimoiy tarbiyaga ko‘proq ahamiyat berilib, oilaviy tarbiya uning soyasida qoldirildi.

Ko‘p yillik ilmiy kuzat ish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotning 70% ini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan yana shu davrda uning qalbida oiladagi muhim ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi.

Ota-onalar faqat oila oldida emas, jamiyat, davlat, kelajak avlod oldida ham javobgar ekanliklarini anglashlari kerak.

Shu ma’noda olganda Namangan davlat universitetidagi pedagogika kafedrasi tomonidan “Oilaviy tarbiya samarador- ligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari va innovatsion texnologiyalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanini tashkil qilish hamda uni oila muammosi borasida katta izla-nishlar olib borgan tadqiqotchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, pedagogika fanlari doktori, professor A.Munavvarov xotirasiga bag‘ishlash taklifi bilan chiqishini yuqorida ta’kidlangan ezgu ishlarning davomi sifatida qarash mumkin.

Oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy munosabatlarga bog‘liq milliy an’analar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlari, ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ommalashtirish, milliy oila-viy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish va uning oilada uyg‘unlashuvini ta’minlash, o‘zbek oilasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish oilani istiqlol mafkurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishga hissa bo‘lib qo‘shiladi.


-----------------------------
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent. Ma’naviyat, 2008 yil. 17-bet.
2.I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka taxdid, barqrorlik shartlari, tarqqiyot kafolatlari» -T.: “O‘zbekiston”, 197, 253-bet
3.M.Xolmatova. “Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog‘lom avlod tarbiyasi” -T.: “O‘zbekiston” 2000,5-bet.

O'qilgan: 378 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 23 Aprel 2016 10:02

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.