Jahon tillari fakulteti talabalari ishtirokida aktyor Rahmatillo G‘aybullayev bilan uchrashuv tashkil etildi



Bugun, 16-aprel Namangan davlat  universitetida Jahon tillari tomonidan "Ijodkor va yoshlar” loyihasi doirasida teatr aktyori bilan  uchrashuv o‘tkazildi. 

Mehmon sifatida “Alisher Navoiy” nomli viloyat musiqali drama teatr studiyasi aktyori, "Sabbai  sayyor" , "Ona", "Ibrat", "Usmon Nosir" kabi muhim mavzularga bag‘ishlangan sahna asarlaridagi obrazlari bilan ko‘pchilikning eʼtiboriga tushgan mahoratli aktyor Rahmatillo G‘aybullayev taklif qilindi. 



Uchrashuvda Rahmatillo G‘aybullayev talqinidagi obrazlar tahlil qilindi, ular orqali  ochib berilgan ijtimoiy muammolar, milliy til, madaniyat va maʼrifat, vatanparvarlik mavzularida, shuningdek, media sohasidagi reformalar, bugungi media bozorning real ehtiyojlari va sohaning kelajagi haqida fikr bildirildi. 





Uchrashuv muloqot shaklida tashkil etilib, talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, savol va takliflari bilan faol ishtirok etishdi.

Tadbir ma’lumotlari

  • E'lon berilgan kun: 16.04.2024
    10:00
  • Tugash vaqti: 16.04.2024
    11:00
  • Holati:
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni Raqamli kutubxona tizimidan boshlang.

image