Ko'rishlar: 30 ta

Bolalar huquqlarining oilaviy-huquqiy kafolatlarini takomillashtirish

Mualliflar: Nuraliyeva Z. A.
Yaratildi : 23:43 | 19.07.2024-yil

Nashr tili :

O'zbek(Lotin)

Nashr yili

2024-yil

Sahifalar soni

48 bet

Nashriyot:

Toshkent
Kitob haqida :

Dunyoda bola huquqlarining qonunchilik kafolatlarini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki, inson huquqlari bola huquqlaridan boshlanadi va bolalar huquqlarini kafolatlash orqali har bir davlat o‘z kelajagini ta’minlaydi. Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining 8 milliarddan oshiqroq bo‘lib, shundan 34% ni 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar tashkil qiladi va 2023-yil yanvar oyi holatida 447 586 ta bola tug‘ilgan1. Shunday ekan bola huquqlarini yetarli darajada kafolatlash, ularning oilaviy huquqlarini ta’minlash hamda realizatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini belgilash dolzarb tusga ega hisoblanadi. Zero, bola huquqlarning kafolatlanganligi ularning tarbiyasi va rivojlanishi uchun asosiy mezon sanaladi. Bugungi globallashuv sharoitida hamda virtual olamning sezilarli darajada bolalar hayotiga kirib kelishi munosabati bilan bolalar huquqlarining kafolatlari masalasidagi muammoli jihatlar ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois bolahuquqlarining bugungi chaqiriq va xavflarga qarshi tura oladigan, bolalarning tarbiyasi va kamolotini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadigan kafolatlar tizimini yaratish dolzarbdir