Ko'rishlar: 32 ta

O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish

Mualliflar: Kalandarov M. M.
Yaratildi : 00:09 | 20.07.2024-yil

Nashr tili :

O'zbek(Lotin)

Nashr yili

2023-yil

Sahifalar soni

79 bet

Nashriyot:

Тошкент
Kitob haqida :

Dunyoda o‘qotar qurol, ularning o‘q-dorilari va asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarining haddan tashqari g‘ayriqonuniy muomalaga kiritilayotganligi xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb muammolardan biriga aylanib ulgurgan1. Jeneva small Arms Survey xalqaro tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 650 mingga yaqin o‘qotar qurollar qonuniy manbalardan g‘ayriqonuniy muomalaga kiritilmoqda2. G‘ayriqonuniy muomalada bo‘lgan ushbu ashyolar zo‘ravonlik jinoyatlari, ayniqsa qasddan odam o‘ldirishni sodir etishda, jinoiy uyushgan guruhlar tomonidan qurolli ziddiyatlar va terrorizm aktlarida keng qo‘llanilmoqda. Natijada, dunyoda har yili 200-300 ming kishi o‘qotar qurollarni qo‘llash sababli vafot etmoqda, ushbu o‘limlarning aksariyati ulardan g‘ayriqonuniy foydalanish oqibatidadir3. Mazkur holatlar dunyo hamjamiyatidan 2030-yilgacha o‘qotar qurolni, uning asosiy qismlari va o‘q-dorilarini, portlovchi moddalarni yoki portlatish qurilmalarini g‘ayriqonuniy muomala va ishlab chiqarishning texnik yutuqlari va usullarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni talab etmoqda4.