Ko'rishlar: 39 ta

Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv institutining oʻziga xos xususiyatlari

Mualliflar: Toshev O. S.
Yaratildi : 16:08 | 20.07.2024-yil

Nashr tili :

O'zbek(Lotin)

Nashr yili

2023-yil

Sahifalar soni

55 bet

Nashriyot:

Toshkent
Kitob haqida :

Dunyoda jinoyatchilik bilan kurashishda odil sudlovning samarali va tezkor, soddalashtirilgan jarayonlarini qoʻllash, jumladan aybga iqror boʻlish toʻgʻrisidagi kelishuv institutidan foydalanish koʻplab davlatlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, AQSH federal sudlarining 95 foiz ishlari aybga iqrorlik boʻyicha kelishuv asosida oʻz yechimini topadi. Buyuk Britaniyada esa, bu koʻrsatkich kamroq nisbatni tashkil etadi, yaʼni magistrat sudlarda koʻrilgan ishlarning 87 foizi kelishuv asosida tugallanadi. Qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish va odil sudlovni taʼminlashni baholovchi World Justice Project xalqaro tashkilotining Rule of Law reytingida O‘zbekistonning 2022-yilda 139 ta davlat ichida 78-oʻrinni egallashi (2021-yilda – 85 oʻrin edi), odil sudlovni ta’minlash sohasidagi keng qamrovli islohotlarni, shu jumladan bu sohada ilmiy va amaliy izlanishlarni davom ettirish zarurati mavjudligidan darak beradi.