Ushbu darslik namunaviy va ish dasturlari asosida tuzilgan. Darslikda iqtisodiyoti
va menejmentning umumiy tavsifi, sanoat tarmoqlarining milliy iqtisodiyotdagi o`rni
va ahamiyati, tarmoq ishlab chiqarishning holati va rivojlanish xususiyatlari, tarmoq
resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan oqilona foydalanish, sanoat
korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida qo`llaniladigan
boshqaruv tamoyili – usullari, vositalari, shakllari, sanoat korxonalarida xodimlarni
boshqarish va mehnat motivatsiyasi masalalari to`g’risidagi mavzular yoritilgan
bo`lib, oliy ta`lim tizimida noiqtisodiy yo`nalishlarda ta`lim olayotgan bakalavrlar
uchun mo`ljallangan.