Ko'rishlar: 30 ta

Saylanma

Mualliflar: Maxtumquli
Yaratildi : 14:24 | 12.09.2024-yil

Nashr tili :

O'zbek(Lotin)

Nashr yili

2007-yil

Sahifalar soni

163 bet

Nashriyot:

Turkmaniston
Kitob haqida :

Ilgari o‘zbek tilida nashr qilinmagan she’rlari bilan birga tanish she’rlari ham turkmanchadan qayta tabdil etilib, kitobga kiritildi. Birinchidan, u she’rlarga muhabbatimiz kuchli bo‘lib, kitobxon xalqimizning ham ularga ehtiyoji bor. Ikkinchidan, u she’rlarning ba’zilaridan mustabid tuzum qolipiga sig‘magan ayrim bandlar qisqartirilgan, ayrim so‘z va iboralar esa o‘zgartirilgan ediki, bunda ularni to‘liq taqdim etmoqdamiz. Tarjimada ixtiyorsiz yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar uchun kitobxondan uzr so‘rab, to‘plam xususida muhtaram o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul etishga hozir ekanimizni bildiramiz. Ushbu kitob, shubhasiz, dunyo va oxirat mohiyatini anglashda insonga madadkor, ma’naviy oziq, ruhga quvvat, iymonga dalda bo‘lgaydir. Maxtumquli - turkiy xalqlarning sayroqi tili, sahroning guli, gulning bulbuli, Haqning sodiq, oshiq va orif qulidir. Alloh muborak aylasin!