Ushbu «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada mustaqillikka arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar,mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi, o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlashi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo
etilishi,O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi,iqtisodiy islohotlar, ma’naviy va madaniy taraqqiyot, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.