
Odam anatomiyasi
Nashr tili :
O'zbek(Lotin)
Nashr yili
2023-yil
Sahifalar soni
223 bet
Nashriyot:
Namangan
Kitob haqida :
Anatomiya fani odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o‘rganadigan fandir. Bu fan organizmning tashkil etuvchi har bir tizimiga tegishli a’zolarni joylashuvini, tuzilishini bajaradigan funksiyalari bilan bog‘langan holda, jinsiy tafovutlarni hisobga olgan holda, shuningdek atrof-muhitning a’zolar tuzilishi hamda vazifasiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Qadimiy anatomiya fani a’zolarni alohida–alohida o‘rganib kelgan, ularning o‘zaro munosabatlarini, organizmning bir butunligini hisobga olmasdan, faqat dalillarni to‘plash bilan chegaralangan. Hozirgi zamon anatomiyasi organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasining bir-biriga bevosita aloqador ekanligini nazarda tutadi.