
Odam anatomiyasi
Nashr tili :
O'zbek(Lotin)
Nashr yili
2023-yil
Sahifalar soni
116 bet
Nashriyot:
Namangan
Kitob haqida :
Siydik - tanosil apparati ikkita tizim a’zolaridan tashkil topgan: siydik ajratish a’zolari tizimidan va tanosil a’zolar tizimidan. Bu ikkala tizim anatomik va fiziologik nuqtai nazardan farqlanadigan, lekin kelib chiqishi va joylashuvi jihatdan bir- biriga bog‘langan bo‘ladi. Modda almashinuvi mahsulotlari organizmdan asosan siydik ajratish tizimi a’zolari orqali chiqariladi. Tanosil a’zolar tizimi ko‘payish vazifasini bajaradi. Siydik ajratish a’zolarga buyraklar, siydik yo‘llari, qovuq va siydik chiqarish yo‘li kiradi. Murdada va mulyajlarda studentlarni diqqatini buyraklarning topografiyasiga, shakliga, yuzalariga, darvozasiga, o‘rab turuvchi kapsulalariga e’tibor berish lozim. Buyraklar siydikhosil qiluvchi a’zodir. Oqsilli modda almashinuvi jarayonining oxirgi mahsulotlari mochevina, siydik kislotasi, kreatinin xolida, organik moddalarning chala oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan atsetonli birikmalar, sut, sirka kislotalari, tuzlar, endogen va ekzogen zaharli moddalar suvda erigan xolda aososan buyraklar orqali organizmdan chiqariladi. Buyraklar o‘pkalar va teri bilan bir qatorda modda almashinish natijasida organizmda hosil bo‘lgan oxirgi toksik ta’sirotga ega bo‘lgan keraksiz moddalarni chiqarish uchun xizmat qiladigan asosiy a’zodir. Buyrakning ajoyib tuzilishi shundan iboratki, uning biologik membranalari orqali siydik chiqaruv yo‘llariga faqat keraksiz moddalar chiqarib tashlaydi.