
Selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi
Nashr tili :
O'zbek(Lotin)
Nashr yili
2010-yil
Sahifalar soni
256 bet
Nashriyot:
O`zbekiston faylasufalari milliy jamiyati
Kitob haqida :
Uch bo‘limli nashrda folali yarim tayyor mahsulot, qog'oz va qalin qog'oz ishlab chiqarishning hozirgi kundagi ahvoli haqida m a’iumotlar berilgan. Kitobning birinchi bo'lim ida yog'och massasini ishlab chiqarish; bir yillik o'simliklar, paxta va yog'ochdan selluloza hamda yarimselluloza olish; qog‘oz va qalin qog‘oz ishlab chiqarishda mato va qog'oz chiqindilaridan foydalanish; tolali yarim tayyor mahsulotlarni yuvish, tozalash, suvsizlantirish, quritish, oqartirish va sifatini yaxshilash jarayonlarini olib borish usuliari va texnologiyalari haqida m a’iumotlar berilgan. Kitobning ikkinchi boMimida qog‘oz va qalin qog'oz ishlab chiqarish jarayonlari yoritilgan. Qog'oz va qalin qog'oz. shuningdek, ularni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan tolali yarim tayyor mahsulotlarning tasniflanishi va asosiy xossalari keltirilgan. Tolali yarim tayyor mahsulotni yanchish; yelimlash. to'ldirish, qog'oz va qalin qog'ozni shakllantirish, zichlashtirish, quritish va pardozlash jarayonlarining texnologiyasi va nazariyasi berilgan. Uchinchi bo'lim da qog'oz va qalin qog'ozga ishlov berish; qog'oz va qalin qog'ozning asosiy turlari, ularni ishlab chiqarish va xossalari; yog'och plita ishlab chiqarish texnologiyasi, tasniflanishi, xususiyatlari, ishlatilish sohasi bo'yicha ma’iumotlar keltirilgan. Darslik 5522300-«To‘qimachilik, yengil va qog'oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologiyasi» ta’Iim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavdar, 5A522305-«Oog'oz va qog'oz mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi» mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan magistrlarga mo'ljallangan, shuningdek, undan qog'oz va qog'oz mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchi-xodimlar ham foydalanishlari mumkin.