NAMDU

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi tantanali yangradi. Shundan so‘ng, Namangan davlat universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev so‘zga chiqib, universitet jamoasini bayram munosabati bilan tabrikladi. 

Universitet rektori o‘z nutqida konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, yangi davr talablariga muvofiq ravishda yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilinishi hamda yoshlar uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar haqida batafsil fikr bildirdi.

Tadbir davomida ta’lim jarayoniga fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng, universitetning San’atshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiyalar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Taqdim etilgan mazmunan boy va badiiy jihatdan yuksak chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, Konstitutsiya bayramining mazmun-mohiyatini yanada chuqur ochib berdi hamda ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Home Book

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image