Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet profilaktika inspektori Azizbek To‘xtaboyev, fakultet dekani o‘rinbosari Baxtiyor Boltaboyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida profilaktika inspektori tomonidan giyohvandlikning yoshlar hayoti, sog‘ligi va kelajagiga yetkazadigan zararli ta’siri, narkojinoyatlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy muammolar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan himoya qilish, ularni hushyorlikka chaqirish, huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tavsiyalar ham bayon etildi.
Tadbir ishtirokchilari giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning faol pozitsiyasi, ota-onalar, ta’lim muassasalari va yoshlarning o‘zaro hamkorligi muhim ekanini ta’kidlab, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati