NAMDU

Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Toshkent shahrida 28-31-may kunlari Zakovat "Intellektual haftalik" bo'lib o'tadi

Unda OTM jamoalari “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy o‘yin” bo‘yicha o‘zaro bellashadilar. Shuningdek, talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta'minlash maqsadida haftalik doirasida “Zakovat Quiz” hamda turli xil master-klasslar va kasbga yo‘naltirishga oid uchrashuvlar tashkillashtiriladi.

"Intellektual haftalik"da Namangan davlat universiteti jamoasini shakllantirish maqsadida 30-aprel kuni 15:00 da Lola o'quv binosidagi Ilmiy ARMda saralash bosqichi Namangan zakovat klubi tomonidan o‘tkaziladi.

Eslatma: Intellektual haftalikda quyidagi toifadagi bilimdonlar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

- Toshkent shahridagi “Zakovat” intellektual klubida 2024-yil maydan bir yil oldin muddat ichida hisoblaganda (to‘rt mavsumning biri yoki bir nechtasida) “Zakovat” o‘yini Professional liga jamoalaridan birining a’zosi bo‘lgan talabalar;
– respublika hududlaridagi “Zakovat” intellektual klublarida 2024-yil maydan bir yil oldin muddat ichida hisoblaganda (to‘rt mavsumning biri yoki bir nechtasida) tashkil etilgan “Zakovat” o‘yini Professional ligalarida 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga
kiritgan jamoalardan birining a’zosi bo‘lgan talabalar;
– teleekran orqali namoyish etiladigan “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvining Oliy liga bahslarida (shou o‘yinlar bundan mustasno) 2024-yil mayidan
hisoblaganda oxirgi uch yil mobaynida bilimdon sifatida ishtirok etgan talabalar;

Ishtirok etish istagidagi talabalar @yahyobek_tursunboyev1 ga murojaat qilishlari so'raladi.

информация о мероприятии

  • Дата публикации: 30.04.2024
    15:00
  • Конец времени: 30.04.2024
    18:00
  • Статус:
image

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image