NAMDU

2024-yil – 1-noyabr kuni soat: 09.00 va 11.00da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti, 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi  ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminarning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI:
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Yuldosheva Mashxura Zokirjon qizining “Tohir Malik asarlarining sotsiopragmatik tadqiqi” mavzusidagi 10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbar:   Usmonova Huriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor. Rahimov Usmonjon Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Ibragimova Iroda Artikmashrabovnaning “Poetik tafakkurning lisoniy reprezentatsiyalashuvi (XX asr o‘zbek she’riyati misolida)” mavzusidagi 10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbahor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori, professor.      

Taqrizchilar:  Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Yunusova Hilola Ravshan qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a'zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

информация о мероприятии

  • Дата публикации: 01.11.2024
    09:00
  • Конец времени: 01.11.2024
    13:00
  • Статус:
image

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image