Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida buyuk shoir va mutafakkir tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan "Vatan kabi mangu Navoiy" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda navoiyshunos olimlar, Navoiy hayoti va ijodi, uning bugungi kunimizdagi ahamiyati haqida fikr yuritishdi. Nazm mulkining sultoniga bag‘ishlangan Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan yod o‘qildi.
Navoiy g‘azali bilan kuylangan qo‘shiq va unga hamohang raqslar ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi. Tadbirda fakultet talabalari tomonidan badiiy kompozitsiya ham namoyish etildi.