Bugun, 13-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Nizamova Muyassarxon Nuritdinovnaning 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Nizamova Muyassarxon Nuritdinovnaga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Muyassarxon Nuritdinovnani ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati