NAMDU

Raqamli texnologiyalarning rivoji kiberjinoyatlar xavfini oshirdi. 

🇺🇿O‘zbekiston hukumati bu tahdidga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda. 2019-yilda Prezidentning "Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar" haqidagi qarori kiberxavfsizlik siyosatining huquqiy asosini belgilab berdi. Xavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatlarga qarshi kurash borasida yangi qonunlar kuchga kirdi.

27-sentabr kuni Namangan davlat universiteti va IIB hamkorligida "Kiberjinoyatlar va uning oldini olish" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Namangan viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi katta mutaxassisi, katta leytenant Alisher Tursunboyev bugungi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, xususan, plastik kartalardan pul o‘g‘irlanishi, tovlamachilik va zararli ilovalar haqida ma’lumot berdi.

 Seminar davomida kiberjinoyatlarning oldini olish, himoya mexanizmlarini kuchaytirish hamda raqamli vositalardan to‘g‘ri foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Bugungi kunda kiberhujumlar nafaqat korxona va tashkilotlar, balki oddiy fuqarolarning ham shaxsiy ma’lumotlari va moliyaviy aktivlariga xavf solmoqda. 

Seminar-trening ishtirokchilariga kiberjinoyatlarning oldini olishda individual javobgarlik va himoya choralarini kuchaytirishning ahamiyati ta’kidlandi. Fuqarolar va tashkilotlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashishning kaliti ekanligi ishtirokchilar tomonidan to‘liq anglab yetildi.

image

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image