NAMDU

Namangan davlat universitetida Namangan viloyati umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinflari o‘rtasida fizika fanidan o‘tkazilgan ko‘p bosqichli «NamDU fan olimpiadasi» o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi «Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5032-son qarori 1-ilova 28.2-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-apreldagi «Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida Fizika fan olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi 03/58-01/04-5032-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universitetida «NamDU fan olimpiadasi»ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu olimpiadada tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 30 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.

Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin: Raxmonov Tohirjon Ilhomjon oʻgʻli — Mingbuloq tumani IM oʻquvchisi;

2-o‘rin: Kamoldinov Jaloliddin Baxodir oʻgʻli — Mingbuloq tumani IM oʻquvchisi;

3-o‘rin: Hasanboyev Azizbek Doniyor oʻgʻli — NamDU Akademik litseyi oʻquvchisi;

Mazkur olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar diplom va universitetning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, universitet va viloyat umumta’lim maktablari o‘rtasida muntazam ravishda samarali hamkorlik aloqalarini olib borayotganligi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari ham alohida e’tirof etildi.

Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

image

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image