NAMDU

#Fan_olimpiadasi #Biologiya #Kimyo

Namangan davlat universitetida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘rtasida biologiya hamda kimyo fanidan «NamDU fan olimpiadasi»ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarorining 11.2-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-apreldagi “Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya  fani olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 02/58-01/04-4805-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universitetida «NamDU fan olimpiadasi»ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra:

Biologiya fani bo‘yicha:

1-o‘rin: Usmanjanov Azizbek Mirzoxid o‘g‘li — Davlatobod tumani 3-DIMI oʻquvchisi;

2-o‘rin: Abdullayeva Maftuna Muhiddin qizi Pop tumani 10-IDUM oʻquvchisi;

3-o‘rin: Abdullayeva Go‘zal Dilshodbek qizi — Mingbuloq tumani PIMA oʻquvchisi;

photo_2025-05-06_19-46-14.jpgphoto_2025-05-06_19-46-11.jpgphoto_2025-05-06_19-45-59.jpgphoto_2025-05-06_19-46-16.jpg

Kimyo fani bo‘yicha:

1-o‘rin: Ko‘paysinova Gulchehra Yodgorbek qizi — NamDU Akademik litseyi oʻquvchisi;

2-o‘rin: Xusanboyev Samandar Shavkatjon o‘g‘li Mingbuloq tumani PIMA oʻquvchisi;

3-o‘rin: Abdusamiyev Javlonbek Abdullajon o‘g‘li — Mingbuloq tumani PIMA oʻquvchisi;

photo_2025-05-06_19-46-23.jpgphoto_2025-05-06_19-46-21.jpgphoto_2025-05-06_19-46-19.jpgphoto_2025-05-06_19-46-25.jpg

Mazkur olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar diplom va universitetning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

image

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image