Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining maqolasi Q1 toifadagi jurnalda chop etildi!
- Главная страница
- Пресса
- Новости
- Namangan davlat...
- 14.06.2025
- 12:01
- 535

Jahon miqyosida e’tirof etilgan “Journal of Luminescence” (https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-luminescence) jurnalida Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi mudiri Bahromjom Abdulazizov hamda kafedra dotsenti Abrorjon Davlatovning “Lattice mismatch, pressure and temperature effects on linear and nonlinear optical properties of InAs nanodots embedded in InAsP nanowires” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi! (https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0022231325002741)
“Journal of Luminescence” (https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-luminescence) jurnali Gollandiyadada joylashgan nufuzli Elsevier nashriyoti tomonidan chop etiladi. Jurnal Scopus va Web of Science bazalarida Q1 toifali bo‘lib, yuqori ko‘rsatkichlarga – 7.0 CiteScore va 3.3 Impact Factor bilan ajralib turadi. Bu esa uni jahon miqyosida eng yuqori baholangan ilmiy nashrlar safiga kirishga sazovor etgan.
Maqola bilan tanishish (https://online.pubhtml5.com/vkzil/bcos/)
Professor-o‘qituvchilarimizni bunday yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
Ushbu muvaffaqiyat Namangan davlat universitetining xalqaro ilmiy nufuzini yanada yuqoriga koʻtarishi shubhasiz!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati