4-oktyabr kuni Tashkent International University huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abdullayev Zafarbek Safibullayevichning 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishda soliq mexanizmi orqali barqarorlik reytingini aniqlashning metodologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Himoya natijasida ochiq ovoz berish yo‘li bilan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Abdullayev Zafarbek Safibullayevichga iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Zafarbek Safibullayevichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati