NAMDU

11-noyabr — Oʻzbekistonda kasaba uyushmasi xodimlari kuni

Namangan davlat universiteti jamoasi Sizlarni, sizlar orqali kasaba uyushmalarining millionlab aʼzolarini mamlakatimizda nishonlanayotgan kasb bayram — Oʻzbekiston kasaba uyushmasi xodimlari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda mehnat jamoalari xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi xizmatlaringiz eʼtirofga loyiq.

Sizlarga sihat-salomatlik, masʼuliyatli ishlaringizda zafarlar tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!

Eslatib oʻtamiz, bugun yurtimizda kasaba uyushmalari tizimida 37 mingdan ortiq boshlangʻich tashkilotlar samarali faoliyat koʻrsatmoqda.

Home Book

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image