team

Sh. Ataxanov

Biotexnologiya fakulteti 2019 yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirda fakultetga DSc. Sh. Ataxanov rahbarlik qilmoqda. Dastavval tashkil qilinganda 500 ga yaqin talaba “Biologiya” “Zooinjeneriya (baliqchilik)” va “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiya” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishgan. Yangi tashkil qilingan fakultetda qoshida Biotexnologiya kafedrasi tashkil qilinib, yuqori malakali kadrlarga va uning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan Oliy o‘quv yurtlaridan malakali kadrlar ishga taklif etilgan. Dastlabki davrda (2019-2020 yil) kafedraga M.X.Egamberdiev, keyinchalik kafedra mudiri sifatida dots. L. Mamajanov (2020 yil), hozirgi kunda (2021 yildan)  R.A.Akramboev rahbarlik qilmoqda. 2020 yilda Biologiya kafedrasi ham fakultetga qo‘shilib, unga A. Batoshov (2020-2022), A. Ismatov (2022), D. Komilov (2022 dan xozirgi davrgacha) kafedra mudirlik qilgan. Hozirgi davrda talabalar soni 1477 nafarni tashkil qiladi. 

Hozirgi kunda fakultetda 3 nafar fan doktori (DSc), 22 nafar fan nomzodi va PhD, dotsentlar, 21 nafar katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va stajyor o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat yuritmoqdalar. Fakultetning ilmiy salohiyati 54 % ni tashkil etadi. 

Prezidentimizning tashabbuslari bilan bizning fakultetda ham yangi yo‘nalishlar ochilmoqda. Bu albatta zamonaviy kasblarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirib, Oliygohga kiruvchi abiturientlarni Namangan davlat universiteti tomon oqimini kuchaytirdi. Ayni damda fakultetda quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. Biologiya

  2. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

  3. Zooinjeneriya (baliqchilik) 

  4. Mevachilik, uzumchilik 

  5. Sabzavotchilik polizchilik 

  6. Biotexnologiya 

  7. Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish 

  8. O‘simlikshunoslik (gulchilik) 

  9. Agranomiya (tarmoqlar bo‘yicha) 

  10. Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)

  11. Funktsional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi 

  12. Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik 

  13. Suv bioresurs va akvakultura

Fakultetda zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan  o‘quv laboratoriyalari ta’lim yo‘nalishlari talabalariga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, fakultet qoshida 2019 yili Yangiqo‘rg‘on tumani hududida talaba va tadqiqotchilar uchun o‘quv xo‘jaligi tashkil etilgan. O‘quv xo‘jaligida Biologiya, Agronomiya, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi va boshqa ta’lim yo‘nalishi talabalarining malakaviy amaliyotlari tashkil etilmoqda.   

Xorijiy grant.

“Akvakultura bo‘yicha o‘quv-amaliy trenajyor tashkil etish”. Moliyaviy hajmi 200 000 AQSH dollari (2018-2022 yillar). Rahbar: b.f.n., dots. E.F.Ikromov 

“O‘zbekiston va Belorussiyada yetishtiriladigan raps urug‘ini qayta ishlash ikkilamchi mahsulotlarini funktsional texnogen xossalari va ozuqaviy biologik qiymatini tadqiq etish” Moliyaviy xajmi 843 mln so‘m (2018-2022 yillar). Rahbar: t.f.d. (DSc), dots. SH.Ataxanov

“Jaxon bankining 5A062 raqamli Candied Fruits Production” Moliyaviy hajmi 20000 AQSH dollari. Rahbar: t.f.d. (DSc), dots. SH.Ataxanov

Davlat grantlari.

“Sabzavot va noan’anaviy xomashyolardan sukatlar ishlab chiqarish”. Rahbar: t.f.d. (DSc), dots. Sh.Ataxanov

Fakultet stipendiya sohiblari 

-2021-2022 o‘quv yilida “Biologiya” yo‘nalishi talabasi Yusufjonova Munisa Abdumannob qizi Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiya sohibi bo‘ldi. Ilmiy rahbar: PhD. Yu. To‘xtaboeva

-2021-2022 o‘quv yilida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” talabasi Azimjonova Muslima Azamjon qizi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiya sohibi bo‘ldi. Ilmiy rahbar: dots. I.Sulaymanov 

 -2022-2023 o‘quv yilida “Biologiya” yo‘nalishi talabasi Yusufjonova Munisa Abdumannob qizi Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Ilmiy rahbar: PhD. Yu. To‘xtaboeva

-2023-2024 o‘quv yilida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” talabasi Dadaxonova Dilshoda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Ilmiy rahbar: dots. I.Sulaymanov  

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image