team

Mo'minov Zokirjon Odiljonovich

1. Umumiy ma'lumotlar

·       Markaz nomi: Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy malumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazi.

·       Markaz haqida qisqacha ma'lumot: Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy malumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagiPedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish togrisidagi 25-sonli qarori va talim tizimidagi pedagog kadrlarga bolgan ehtiyojni toldirish maqsadida universiteti rektorining 2018-yil 28-avgustdagiUniversitet tashkiliy tuzulmasiga ozgartirish kiritish togrisidagi 106 B/O-sonli buyrugi asosida tashkil etilgan.

Markaz o‘qitishning barcha zaruriy texnik vositalari bilan to‘liq jixozlangan. Tinglovchilar uchun markazining masofadan o‘qitish (qtm.namdu.uz) platformasi orqali o‘quv jarayoni tashkil etilgan.

Bugungi kunda markazda Respublikamizni Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyati va shahri, Sirdaryo, Samarqand viloyatlaridan qayta tayyorlashdan o‘tayotgan tinglovchilar mavjud. Kurs rahbarlari tomonidan Vodiydagi barcha oliy ta’lim muassasalarida targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Hozirgi kunda 16 ta yo‘nalish 40 ta guruhda 1048 nafar tinglovchilarga haftaning besh kuni onlayn va shanba kuni oflayn shaklda professor-o‘qituvchilar tomonidan innovatsion va pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etib kelinmoqda.

2025-yil uchun qabul rejasi shakllantirilib, joriy yilda pedagogik, kasbiy va pedagogik, kasbiy qayta tayyorlash yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tgan 2024 yilda qabul qilinib, hozirgi kunda qayta tayyorlashdan o‘tayotgan 812 nafar tinglovchilarga qo‘shimcha 985 nafar talabgorlarni qabul qilishimiz hamda tinglovchilar to‘lov mablag‘laridan tushumni 9 mlrd. 559 mln 324 mingga etkazishni hamda 51 foiz yoki 4 mlrd. 909 mln. 810 ming so‘m sof foyda bilan chiqishni rejalashtirgan.

·       Markazning maqsadi va vazifalari

Maqsadi: rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni bilimi, kasbiy va pedagogik mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha qayta tayyorlash hamda ularni egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.

Vazifalari: rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning metodik ehtiyojlarini toʼlaqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash hamda uzluksiz rivojlantirisning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish; taʼlim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv- metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; masofadan o‘qitish usullari asosida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish.

 

2. Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar

·         Markaz: Oliy ma’lumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlashni tashkil qiladi;

pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;

 o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv rejasini hamda ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;

o‘qish jarayoni kunduzgi, masofaviy va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi

·       Kasbiy qayta tayyorlash:  Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv yilining davomiyligi – 27 hafta; o‘quv haftasining davomiyligi – 6 kun; dars mashg‘ulotining davomiyligi – 80 daqiqa; dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi – 10 daqiqa.

·       Kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash: o‘quv yilining davomiyligi – 45 hafta; o‘quv haftasining davomiyligi – 6 kun; dars mashg‘ulotining davomiyligi – 80 daqiqa; dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi – 10 daqiqa.

·       Pedagogik qayta tayyorlash: o‘quv yilining davomiyligi – 17 hafta; o‘quv haftasining davomiyligi – 6 kun; dars mashg‘ulotining davomiyligi – 80 daqiqa; dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi – 10 daqiqa.

 

3. Markaz tuzilmasi:

·       Markaz direktori: Mo‘minov Zokirjon Odiljonovich. Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent. Telefon: 94-308-09-71, email: zokirjon0971@gmail.com

·       Markaz tuzilmasi: Markaz direktori, markaz direktorining malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini ilmiy-pedagogik boshqarishni tashkil qilish bo‘yicha maslahatchisi-markaz direktori o‘rinbosari, kurs rahbari (6 stavka), targ‘ibotchi-marketolog, hisobchi va uslubchi (2 stavka).

4. Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar

·       Aloqa ma'lumotlari: 160107, O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi, 161-uy. Elektron manzili: nvsu_info@edu.uz .

 

 

 

 

 

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image