Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig'i
- Bosh sahifa
- Universitet
- Markaz, boshqarma va bo'limlar
- Isroilov Jasur ...
Isroilov Jasur Baxodir o’g’li
Bo’lim maqsadi: Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro aloqalar bo’limi universitet bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatib, ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish, stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, AQSH va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiya dasturlarida qatnashish borasida tavsiyalar beradi.
Bo‘limning yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustivor vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or (tan olingan reyting tashkilotlari - THE, QS, ARWU - ma’lumotlari bo‘yicha birinchi 1000 talikka kirgan) oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
• ilmiy tadqiqot dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va xalqaro ilmiy maktablar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
• saloxiyatni rivojlanish dasturlarini takomillashtirish va xalqaro ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro jamg‘armalar va donorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish;
• professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarning xalqaro xamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatlarda faol ishtirok etishi uchun zarur va rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro faoliyatlar jarayoni va natijalarini ob’ektiv va shaffof monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;
• xalqaro miqyosda o‘tkazildigan oliy ta’lim muassasalari talabalari olimpiadalariga universitet iqtidorli talabalarini tanlab olish hamda maqsadli tayyorlash;
• universitetning xalqaro maydondagi akademik jozibadorligini oshirgan holda xorijiy talabalarni keng jalb etish;
• universitetga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish.
Safarga chiqish tartiblari
• Xorijiy davlat OTM yoki tashkilotdan kelgan ( rasmiy taklifnoma yoki xat)
• Safar rejasi
• Safardan maqsadi
• Safar muddati tugagach 5 kun ichida xizmat safari natijasi haqida talabalar va professor-o’qituvchilar uchun foydali bo`lishi uchun taqdimot o`tkazib, safar yakunlari to`g`risidagi yozma hisobot va prezentatsiyani universitetning xalqaro hamkorlik bo`limiga topshirish.
Ma'lumotlar
- Manzil: -
- Qabul kunlari: -
- Email: international@namdu.uz
- Telefon:+99869 228 85-21