Asosiy kontentga o'tish
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy ma’lumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazi faoliyati to‘g‘risida joylangan murojaatga rasmiy munosabat

Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy ma’lumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazi faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazildi. O‘rganishlar natijasida Markaz xodimlari tomonidan tinglovchilardan noqonuniy ravishda pul mablag‘lari talab qilinganligi yoki undirilganligi holatlari aniqlanmadi.

Shu bilan birga, agar Sizda ushbu murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan aniq dalillar, mas'ul shaxslarning ism-sharifi, sana, vaqt yoki boshqa tasdiqlovchi ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni Namangan davlat universitetining rasmiy aloqa kanallari orqali taqdim etishingizni so‘raymiz. Mazkur ma'lumotlar asosida holat qonunchilik talablariga muvofiq qo‘shimcha ravishda atroflicha o‘rganiladi.

Namangan davlat universiteti korrupsiya va boshqa noqonuniy holatlarga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lib, har bir murojaat belgilangan tartibda xolis va har tomonlama ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi.

Shu o‘rinda barcha bloger, jurnalist hamda ommaviy axborot vositalariga universitet doimo ochiqligini va hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyorligini bildiramiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image