Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, Narkologiya xizmati bo‘yicha Namangan viloyati filiali mas’ul xodimi Abdurahmon Yusupov, Fizika-matematika, Ijtimoiy fanlar hamda Tabiiy fanlar fakultetlari dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajiga salbiy ta’siri, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy iste’mol qilish hamda tarqatishning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuvda talaba yoshlarning mazkur yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish