O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga muvofiq, ta’lim va ilm-fan sohasida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimlariga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda.
Mazkur maxsus ishchi guruhga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish