Asosiy kontentga o'tish

Hurmatli xorijlik talaba-yoshlar!

📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

⚫️Mazkur tanlovning Namangan davlat universiteti bosqichi joriy yilning 6-oktabr kuni universitetning Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tadi.

🔚Tanlovning maqsadi – xorijlik talabalar orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.



✅ Tanlovda ishtirok etish tartibi

Ko‘rik-tanlovda faqat xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling.

😊 Tanlov shartlari
1. Tanishtirish – ishtirokchi o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumotni (3–5 daqiqa) o‘zbek adabiy tilida bayon qiladi.
2. Esse yozish – ishtirokchi o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid mavzulardan birini tanlab, lotin yozuvida kamida 200 so‘zli esse yozadi (90 daqiqa vaqt beriladi).

😊 Mukofot va imkoniyatlar

🟣 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar universitet tomonidan rag‘batlantiriladi.
🟣 1-o‘rin sohibi keyingi – saralash bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Sizlarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

💬 Tanlov nafaqat o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganish, balki do‘stona muhitda o‘z iqtidor va qobiliyatingizni namoyish etish uchun ham katta imkoniyatdir.

Tadbir ma’lumotlari

  • E'lon berilgan kun: 06.10.2026
    10:00
  • Tugash vaqti: 06.10.2026
    15:00
  • Holati:
Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image