Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan talabalar ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning birinchi prorektori Islomjon Odilov,xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Saodat Usmonova Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxonov, universitet profilaktika inspektori Dilmurod Karimov, fakultet dekani Avazbek Batoshov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonidagi ishtirokini muntazam nazorat qilish, ularning odob-axloqi va mas’uliyatini oshirish, fakultetning ichki tartib-qoidalariga rioya etishini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. .

Jumladan, universitetning Odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalari, talabalarning kiyinish madaniyati va yagona forma talablari, talabalarni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirish tartibi, erta nikoh va erta turmushning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi, kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish, grant va kontrakt o‘rinlarini taqsimlash kabi masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasidagi mas’uliyati, universitet bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda talabalarni ta’lim jarayonida qo‘llab-quvvatlashning muhim jihatlari haqida fikr almashildi.



Uchrashuv yakunida ota-onalar va talabalar tomonidan bildirilgan savol, taklif hamda mulohazalar tinglanib, murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image