Namangan davlat universiteti va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat kengashi "Yoshlar qanoti" hamkorligida "Ma'rifatparvar ajdodlarimiz hayot yo'lini birga o'rganamiz!" shiori ostida jadid ajdodlarimiz hayoti va mashaqqatli faoliyatiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, universitetning Jahon tillari fakulteti talabalari tomonidan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Is'hoqxon Ibratlar kabi jadid bobolarimiz faoliyati o'zbek, rus va ingliz tillarida mahorat bilan taqdimot qilindi. Shuningdek, tadbirda fakultetda faoliyat olib borayotgan, AQSHning Ohayo shtatidan kelgan o'qituvchi Ryan Good ham ishtirok etib, talabalar tomonidan qilingan ma’ruzalarni katta qiziqish bilan kuzatdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar maxsus tashakkurnomalar hamda partiyaning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.