Namangan davlat universiteti qoshida faoliyat koʻrsatuvchi «Заветная Лира – Муқаддас Лира» yoshlar adabiy  klubi tashabbusi bilan «Про любовь, память и будущее» nomli kitob chop etildi.

Nashr buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bagʻishlangan boʻlib, bunda adib haqida esse, maqola, sheʼr, estaliklar, hikoyalar jamlangan. Toʻplam xalqaro boʻlib, bunda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻizistonlik mualliflar ishtirok etgan.

Ana shu toʻplam taqdimotiga bagʻishlangan marosim faollar zalida boʻlib oʻtdi. Marosim boshida soʻzga chiqqan universitetning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori professor Sh.Ataxanov, hamda filologiya fakulteti dekani A.Nazarovlar tadbir ahamiyati haqida fikrlar bildirish bilan birga, Ch.Aytmatov ijodini oʻrganishning yoshlar tarbiyasiga ahamiyati haqida gapirdilar. 

Tadbir davomida toʻplam tuzuvchisi va masʼul muharriri professor Q.Nosirov kitobdan oʻrin olgan ilmiy va badiiy asarlarning Ch.Aytmatov ijodini oʻrganishdagi ahamiyati, taniqli qalamkashlar va tajribali tadqiqotchilar bilan bir qatorda  maqola bitgan yoshlar uchun bu kitob oʻziga xos maktab vazifasini bajarishi haqida gapirdi. Soʻng “Muqaddas Lira” klubi ishtirokchilari tomonidan kitobdan oʻrin olgan sheʼrlar, maqola va esselar asosida yaratilgan lirik va adabiy-publitsistik kompozitsiyalar ijro etildi.  

Marosim soʻngida tadbir tashkilotchilari rahbariyat tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbirda viloyatimizning bir guruh  taniqli qalamkashlari, taniqli olimlar, viloyat qirgʻiz milliy-madaniyat markazi vakillari va matbuot xodimlari ishtirok etishdi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image