Tanqidiy-tahliliy ruhda o’tgan yigʻilishda barcha soha prorektorlari, fakultetlar dekanlari, sirtqi boʻlim, magistratura va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻlim boshliqlari, barcha kafedralar mudirlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Hemis axborot tizimining universitetda yuritilishi, universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlarda Vatanparvarlik tuygʻusini yanada rivojlantirish va jinoyatchilikni oldini olish hamda taʼlim sifatining bugungi holati va uning tahlili kabi masalalar koʻrildi.
Semestr yakuni bo’yicha hemis tizimida kamchiliklar aniqlangan fakultet dekanlari va kafedra mudirlari qat’iy ogohlantirildi.