Xabaringiz bor Respublikamizning barcha Oliy ta'lim muassasalarida Davlat organlari bilan imzolangan Qo'shma qarorga asoslanib, "Qalqon" jamoatchilik guruhlari tuzilgan edi.
Namangan davlat universitetida ham 40 nafar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan talabalardan iborat guruh shakllantirilgan.
Bugungi kunda jamoa a'zolari uchun universitetning barcha o'quv binolari hamda talabalar turar joylariga navbatchilik jadvallari taqsimlab berilgan bo'lib, profilaktika inspektorlari bilan birgalikda belgilangan vaqtlarda o'z xizmat faoliyatlarini olib bormoqdalar.