Yoshlar orasida Giyohvandlik va psixotrop moddalarini tarqalishiga qarshi kurash oyligida faol ishtirok etaylik!!!

Maktabgacha, boshlangʻich taʼlim va jismoniy madaniyat fakultetida  “Yoshlar orasida Giyohvandlik va psixotrop moddalarini tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Dadabayev, profilaktika inspektorlari A.Toʻxtaboyev, D.Karimov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. 

Soʻzga chiqqanlar yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy taʼsirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan “Asr vabosi” deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash, ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri ekanligi takidlab oʻtildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image