Namangan davlat universiteti Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Ma'rifat Qozaqova Hindiston Respublikasi Dehli shahrida joylashgan Giri Labour International institutining "International labour standards and promotion of gender equality" mavzusida qisqa muddatli kursida ishtirok etdi.
Eng ahamiyatli tomoni shundaki bugungi kunda dolzarb mavzu bo'lib turgan gender tengligi mavzusidagi qiziqarli seminar va treyninglarni ayni shu soha vakillari hamda ko'plab xorijiy mutaxassislar tomonidan olib borildi. Kurs davomida M.Qozaqova maxsus sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 25 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari oliy ta'lim tizimi sifatini oshirishda qo'llaniladigan texnologiyalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashishdi.