Ushbu tadbirni o'tkazishdan maqsad, Namangan viloyatida Adliya boshqarmasining jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yanada oshirish, aholiga, ayniqsa yoshlarga huquqiy axborotni, shu jumladan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun va mohiyatini yetkazish hamda yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, maʼnaviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuygʻularini shakllantirishdan iboratdir.
“Oʻzbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida “Flashmob” shaklidagi huquqiy targʻibot va maʼrifat tadbirida barchani faollikka chorlab qolamiz!