Namangan viloyatidagi ta’lim muassasalarida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri” va “Vatan muqaddas, uni himoya qilish muqaddas burchdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-bosqich kursantlari tomonidan Namangan Davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarga “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri” va “Vatan muqaddas, uni himoya qilish muqaddas burchdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab, ushbu mavzu doirasida IIV Akademiyasi Ma’muriy huquq kafedrasi dots.nti, podpolkovnik Toshtemirov Anvar Aliqulovich boshlang‘ich tushunchalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbiri IIV Namangan Akademik litseyida davom etib, u yerda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga yuqoridagi mavzular bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbirlar yakunida o‘quvchi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga malakali xodimlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image