Namangan davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kursantlari tomonidan talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, Vatanni sevish, uni himoya qilish muqaddas burch ekanligini anglash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda IIV Akademiyasi ma'muriy huquq kafedrasi dotsenti podpolkovnik Anvar Toshtemirov hamda Akademiyaning bitiruvchi bosqich kursantlari ishtirok etdilar.
Tadbirda kursantlar tomonidan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri mavzusida ham taqdimot va videolavlahalar orqali mashg'ulot o'tkazildi.
Uchrashuv so'ngida kursantlar tomonidan talabalarga viktorina savollari berilib, faol ishtirokchilarga kitoblar sovg’a qilindi.