Bugun Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti va Ekologiya partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida "Ekologik muammolarning yechimlari va davlat dasturi haqidagi mulohazalar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti va Ekologiya partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida "Ekologik muammolarning yechimlari va davlat dasturi haqidagi mulohazalar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda p.f.f.d (PhD) A.Sobirxonov, Ekologiya va iqlimshunoslik kafedrasi dotsentlari S.Abdurahmonov, M.Qoriyev, A.Rahimov, Ekologiya partiyasi viloyat Kengashi raisi Q.Supijanov, zoom dasturi orqali Respublika Ekologiya partiyasi Markaziy Kengashi mutaxassislari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

Ma'ruzachilar tomonidan ekologik muammolarga hamda davlat dasturi yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari bildirildi. Shuningdek talabalar tomonidan ham takliflar va savollar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image